Tog‘li Qorabog‘da Boku va Yerevan qo‘shinlarining to‘qnashish nuqtasida Ozarbayjon armiyasining kichik serjanti halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
O‘z navbatida, Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjonni o‘t ochishda aybladi.
“Oxirgi sutka mobaynida Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston chegarasida hamda Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi javobgarlik zonasida o‘qotar qurol, 60 mm, 82 mm kalibrli minomyotlar, TR-107 raketa qurilmalarini qo‘lladi. Ozarbayjon qurolli kuchlari, shuningdek, chegaradagi aholi yashash punktlarini o‘qqa tutdi”, — deyiladi Yerevanning bayonotida.
Jumladan, Armanistonning Tavush viloyatidagi Berkaber qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro uyi yaqinida yaralangani, yana bir fuqaroning uy-joyiga zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Izoh (0)