AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlariga “Barselona” va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi bilan uchrashuv tashkil qila olmagani haqidagi so‘zlariga 28 yoshli hujumchi o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi ESPN FC.
“Obamaning qizlariga men bilan uchrashuv tashkil qila olmagani haqidagi so‘zlari meni hayron qoldirdi. Men uchun Obama va uning qizlari bilan uchrashish katta sharaf bo‘lar edi, lekin bu qiyin bo‘lishi tabiiy. Buning imkoni bor yoki yo‘qligini ham bilmayman. Balki, Obama Argentinaga kelgani uchun shunday izoh qoldirgandir”, – deydi argentinalik hujumchi.
Shundan so‘ng, Obama bilan uchrashuv tashkil etilsa, Messi Oq uyga oilasi yoki terma jamoadagi sherigi Serxio Agueroni olib borishi haqidagi savolga “Men hamma joyga Agueroni o‘zim bilan olib boraman”, deb javob berdi.
Izoh (0)