Futbol bo‘yicha Yevropaning bir qator mamlakatlari kecha, 24-mart kuni xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari doirasida maydonga tushdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kunning diqqatga sazovor bellashuvi Yevro-2016 g‘olibligi uchun da’vogarlar hisoblangan Italiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tdi. Ispaniyalik darvozabon David de Xea bu kecha bir qator seyvlarni amalga oshirib, Iker Kasilyasni almashtirishga tayyor ekanligini isbotlay oldi. Ispaniyalik 35 yoshli hujumchi Arits Aduris esa mamlakat bosh jamoasidagi o‘zining ikkinchi o‘yinida debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Italiya — Ispaniya 1:1 (0:0)
Gollar: Lorenso Insinye, 68 (1:0). Arits Aduris, 70 (1:1).Italiya: Janluiji Buffon, Davide Astori, Leonardo Bonuchchi, Matteo Darmian, Emmanuel Jakkerini (Luka Antonelli, 79), Antonio Kandreva (Federiko Bernardeski, 60), Tiago Motta, Marko Parolo (Jorjinyo, 89), Gratsiano Pelle (Simone Zaza, 60), Eder (Lorenso Insenye, 51), Alessandro Florensi (Lorenso de Silvestri, 89).
Ispaniya: David De Xea, San Xose, Herar Pike, Xuanfran (Hordi Alba, 79), Serxio Ramos (Nacho, 46), Tiago Alkantara (Isko, 61), Huan Mata (Koke, 46), Sesk Fabregas, Sezar Aspilikueta, Alvaro Morata (Pako Alkaser, 86), Arits Aduris (David Silva, 71).
“Antaliya Stedium” arenasidagi birinchi xalqaro o‘yin Turkiya milliy terma jamoasining Shvetsiya ustidan qozongan g‘alabasi bilan yakun topdi. Mezbonlar posboni bir qator vaziyatlarda jamoadoshlari joniga oro kirib, Turkiyani muqarrar gollardan qutqarib qoldi. O‘yin yakuniga 15 daqiqa vaqt qolganida Odil Ahmedov bilan “Krasnodar” safida to‘p suradigan markaziy himoyachi Grankvist hisobni tenglashtirgandi, ammo uni ushlab qolish Shvetsiya terma jamoasi a’zolariga nasib qilmadi.
Turkiya — Shvetsiya 2:1 (1:0)
Gollar: Jenk Tosun, 32 (1:0). Andreas Grankvist, 74 (1:1). Jenk Tosun, 81 (2:1).Turkiya: Vulqon Babajan, Hoqon Bolta (Ahmet Chalik, 39), Gekxan Genyul, Selchuk Inan, Jenk Tosun (Yunus Malli, 82), Arda Turan (Oljay Shaxan, 90+1), O‘g‘uzxon Ezyakul (Alper Potuk, 62), Mehmet Topal, Ozan To‘fon (Chaglar Cheyunjyu, 90+4), Janer Erkin, Vulqon Shen (Kerim Frey, 65).
Shvetsiya: Robin Olsen, Andreas Grankvist, Mikael Lustig, Albin Ekdal (Oskar Xilemark, 81), Kim Chelsterm (Pontus Vernblum, 71), Markus Berg, Viktor Lindelef, Lyudvig Augustinsson, Yon Gvidetti (Emir Kuyovich, 62), Jimmi Durmaz (Sebastyan Larsson, 46), Erkan Zengin (Emil Forsberg, 62).
Yevro-2016 yo‘llanmasidan quruq qolgan Daniya terma jamoasi yangi bosh murabbiy Oge Hareyd boshchiligida Islandiya termasidan ustun keldi. Bunga qadar “Malme” klubida muvaffaqiyatli ishlagan mutaxassis o‘zining debyut o‘yinida Yevropa chempionati ishtirokchisini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Daniya — Islandiya 2:1 (0:0)
Gollar: Nikolay Yorgensson, 50 (1:0). Nikolay Yorgensson, 54 (2:0). Arnor Traustasson, (90).Islandiya: Egmundur Kristonsson, Heydar Hauksson, Alfred Finnbogason, Hordur Magnusson, Kari Arnason, Birkir Byarnasson (Arnor Traustason, 72), Aron Gunnarsson, Kolbeyn Sigtorsson (Yon Bodvarsson, 72), Gyulfi Sigurdsson (Elmar Byarnasson, 81), Emil Xallfredson (Yohan Gudmunsson, 46).
Yevro-2016 ishtirokchilaridan yana biri — Chexiya terma jamoasi ham kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 9-daqiqasida Borjek Dochkal juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Shu paytning o‘zidayoq qarshi hujumga o‘tgan shotlandiyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish kerak, Petr Chexning jarohati sababli Chexiya safida darvozabon Tomash Koubek o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgandi.
Chexiya — Shotlandiya 0:1 (0:1)
Gol: Ikechi Anya, 10 (0:1).Chexiya: Tomash Koubek, Kamil Vatsek (Lukash Marechek, 78), Vladimir Darida (Yakub Rada, 87), Borjek Dochkal (Daniel Kolarj, 65), Pavel Kaderjabek, Mixal Kadlets, Tomash Netsid (Matey Vidra, 65), David Limberski, Tomash Sivok, Martin Fridek (Irji Skalak, 46), Yosef Shural (Daniel Pudil, 78).
Ukraina — Kipr 1:0 (1:0)
Gollar: Taras Stepanenko, 40 (1:0).Ukraina: Denis Boyko, Oleksandr Kucher, Vyacheslav Shevchuk (Nikita Kamenyuka, 81), Artyom Fedetskiy, Oleg Gusev (Ivan Petryak, 46), Roman Zozulya (Artyom Kravets, 63), Ruslan Rotan (Viktor Kovalenko, 46), Taras Stepanenko (Anatoliy Timoshuk, 72), Andrey Yarmolenko, Denis Garmash (Maksim Malishev, 46), Artyom Putivsev.
Uels — Shimoliy Irlandiya 1:1 (0:0)
Gollar: Kreyg Ketkart, 60 (0:1). Saymon Cherch, 89-pen (1:1).Uels: Ueyn Xennessi (Denni Uord, 46), Kristofer Ganter, Jorj Uilyams, Adam Mettyuz, Jeyms Chester, Devid Vogan (Jo Allen, 71), Devid Kotterill, Jo Ledli (Endryu Krofts, 46), Eshli Uilyams (Loyd Aysgrou, 62), Sem Vouks (Saymon Cherch, 76), Tom Lourens (Jonatan Uilyams, 62).
Shimoliy Irlandiya: Maykl Makgovern, Jonni Evans (Daniel Lafferti, 74), Garet Makoli, Konor Maklaflin (Aaron Xyuz, 81), Peddi Makneyr (Pol Peton, 74), Styuart Dallas (Sheyn Fergyuson, 90), Oliver Norvud, Stiven Devis, Kreyg Ketkart, Kayl Lafferti (Billi Makkey, 81), Konor Vashington (Jeymi Uord, 46).