Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari paxta terish apparatini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar beradi.
Mazkur apparat qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi paxta terish apparatining va umuman paxta terish mashinasining ish samaradorligini, mehnat unumdorligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.
Mualliflar jamoasi — Abdukarimov Abdusalam, Baxadirov Gayrat, Rizayev Anvar, Babayans Aleksandr, Mirzalimov Shaymardan, Saydaxmetova Nodira, Saydokulov Ismoil va Abdukarimov Alishanga ushbu qurilma uchun IAP 05158 raqamli patent berildi.
Izoh (0)