Jahon chempionati—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralash turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak raqibi Bahrayn Yamanga qarshi o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Ismoil Abdulatif penaltidan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Yaman termasi yana ikkita gol o‘tkazib yubordi — 3:0. Tomonlarning birinchi davra doirasida Doha shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinida Bahrayn 4:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Bahrayn — Yaman — 3:0 (1:0)
Gollar: Ismoil Abdulatif, 32-pen (1:0). Abdulvahob Al-Malud, 64 (2:0). Muhammal Ar-Rumaiy, 90+1 (3:0).Mazkur g‘alabadan keyin Bahrayn terma jamoasi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, “H” guruhida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 7 ta o‘yinda 18 ochko jamg‘argan O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhda karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, KXDR 16 ochko bilan 2-o‘ringa joylashgan.
29-mart, seshanba kuni KXDR Manilada Filippin mehmoni bo‘ladi. Toshkent shahrida esa O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qiladi.
9-turga qadar O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida 2-o‘rinda borayotgan jamoalar orasida yaxshiroq natija ko‘rsatishga harakat qilib kelayotgandi. Samvel Babayan jamoasi guruh peshqadamiga aylangach, endilikda KXDR termasi bu muammo qarshisida qoldi. Ayni paytda koreyaliklar o‘z guruhida 2-o‘rinda borayotgan jamoalar ichida to‘rtinchi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)