Ayrimlar uchun yosh o‘tishi muammo emas, negaki iroda kuchi va optimizm ularga g‘ayrat bag‘ishlaydi. Bu borada boshqalarga ibrat bo‘la oladigan 10 nafar keksa xitoylik inson haqida Shanghaiist yozmoqda.
1. 79 yoshli aktyor va model Van Deshun Pekin modalar haftasidagi defilesi bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi.
2. Saratonni yengib, parashyutdan sakragan 70 yashar erkak. U, og‘ir xastalikka chalinganiga qaramay, rafiqasi bilan to‘yining 50 yilligini nishonlashni juda xohlagan edi va buning uddasidan chiqdi.
3. Guanchjoulik 93 yoshli bobo hali-hanuz uncha-muncha polvonlarga bas kela oladi.
4. Chendulik 70 yoshli raqqosa.
5. Rafiqasidan bir lahzaga ham ayrilmaslik uchun 79 yashar erkak ikki o‘rinli nogironlar aravachasini yasadi.
6. 73 yoshli sayyoh turistik guruhdan ortda qolib, Man qilingan shaharda yo‘qolib qoldi. U 1,5 ming kilometr yo‘l yurib, o‘z uyiga yetib keldi.
7. Sichuanlik 80 yoshli havaskor modelyer o‘zi yaratgan liboslari bilan nom qozondi.
8. Uxan sport universiteti bitiruvchisi, 84 tennischi 10 yillik ta’limdan so‘ng nihoyat diplom oldi.
9. 92 yoshli bobo tug‘ilgan kuniga 5 ming yuanlik onlayn-buyurtmani amalga oshirdi. Bu pul evaziga unga italyancha bayramona tushlik tashkil etib berildi.
10. Quyidagi juftlik 70 yil oldingi nikoh marosimida olingan fotosuratni asliday tiklashga harakat qildi.
Izoh (0)