Yaponiyalik tadqiqotchilar milliy parhez usullari umrni uzaytirishning samarador yo‘li, degan xulosaga keldi. Bu haqda BMJ saytida chop etilgan tadqiqotga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
15 yil davom etgan tadqiqotda Yaponiyaning yirik shaharlarida istiqomat qiluvchi 80 ming kishi qatnashdi. Ishtirokchilar 5 yilda bir marta o‘zlari iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari haqida so‘rovnoma to‘ldirardi.
Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish asosida olimlar sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiya qilgan mahsulotlarni tanovul qilgan odamlar orasida o‘lim darajasi 15 foizga pastroq ekanligini aniqladi.
Izoh (0)