Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe KXDRning provokatsion bayonotidan so‘ng mamlakat qurolli kuchlarining shayligini oshirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Kecha, 23-mart kuni KXDR AQSh, Janubiy Koreya hamda shaxsan respublika prezidentiga javob urushi ochish bilan tahdid qilgan edi.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya qattiq yoqilg‘ili raketa dvigatelining yer usti sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Sinovlarga shaxsan Kim Chen In boshchilik qilgani aytilmoqda.
Izoh (0)