Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

FIFA kunlaridan unumli foydalangan Yevropaning bir qator milliy terma jamoalari 23-mart, chorshanba kuni o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yevro—2016 ishtirokchisi hisoblangan Xorvatiya termasi Isroilga qarshi o‘yinda o‘zi uchun yangi — 3-5-2 taktik sxemasida harakatlandi. Italiyaning “Inter” klubi yarim himoyachilari — Ivan Perishich va Martselo Brozovich tomonidan urilgan gollar mezbonlar g‘alabasini ta’minlagan. Xorvatiya terma jamoasi sardori Dario Srna uchrashuvning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan.

Litva termasining yangi bosh murabbiyi Edgaras Yankauskas o‘zining debyut uchrashuvida Yevro—2016 ishtirokchisi — Ruminiyaga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol zaxiradan maydonga tushib, Ruminiya safida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan Stanchu hisobiga yozildi. U 25 metrlar uzoqlikdan to‘pni Litva darvozasiga joyladi.

38 ming muxlis ko‘z o‘ngida kechgan o‘rtoqlik o‘yinida Polsha terma jamoasi o‘z muxlislarini xursand qildi. Yakub Blashchikovski tomonidan urilgan gol o‘zinining yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda Arkadiush Milik tomonidan yo‘llangan zarbadan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 26-mart, shanba kuni Polsha navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Finlyandiyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari 23-mart, chorshanba

Xorvatiya — Isroil 2:0 Gollar: Ivan Perishich, 4 (1:0). Martselo Brozovich, 34 (2:0).Xorvatiya: Daniel Subashich (Lovren Kalinich, 46), Ivan Perishich, Vedran Chorluka (Gordon Shildenfeld, 46), Deyan Lovren, Luka Modrich (Domogoy Antolich, 68), Dario Srna (Shime Vrsalko, 44), Martselo Brozovich, Nikola Kalinich (Mateo Kovachich, 57), Mario Manjukich, Milan Badel (Alen Xalilovich, 51), Domogoy Vida.

Ruminiya — Litva 1:0 Gol: Nikolaye Stanchu, 65 (1:0).Ruminiya: Koslet Pantilimon, Aleksandru Metsel, Steliano Filip (Alin Toshka, 86), Kozmin Motsi, Vlad Kirikesh, Mixay Pintiliy, Gabriel Torje (Andrey Ivan, 58), Luchan Sinmertyan (Ovidiu Xoban, 59), Bogdan Stanku (Ioan Xora, 76), Florin Tenase (Klaudiu Kesheryu, 46), Raul Rusesku (Nikolaye Stanchu, 46).

Polsha — Serbiya 1:0 Gol: Yakub Blashchikovski, 28 (1:0).Polsha: Lukash Fabiyanski (Voysex Shesni, 46), Arkadiush Milik, Robert Levandovski (Lukash Teodorchik, 73), Gjegoj Krixovyak (Tomash Yodlovets, 75), Kamil Grositski (Bartosh Kapustka, 75), Matsey Ribus, Kamil Glik, Yakub Blashchikovski, Petr Zelinski (Ariyeel Borisyuk, 83), Lukash Pishek, Bartosh Salyamon (Mixal Pazdan, 87).

Sloveniya — Makedoniya 1:0 Gol: Bezyak, 58 (1:0).

Gibraltar — Lixteynshteyn 0:0

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak