Apple kompaniyasi maxsus tadbir doirasida yangi iPhone va iPad’ni taqdim etishi bilan yangi gadjetlar bilan bevosita tanishish imkoniyati tug‘ildi. Shu munosabat bilan The Verge nashri ularning ilk “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.
Eslatib o‘tamiz, 21-mart, dushanba kuni Apple korporatsiyasi 4 dyuymli ekranga ega iPhone SE smartfonini taqdim etdi. Bu kompaniyaning iPhone 5s chiqqanidan buyon birinchi 4 dyuymli smartfonidir. Shuningdek, maxsus marosimda iPad Pro planshetining 9,7 dyuymli versiyasi taqdim etildi.
Taqdimot ishtirokchilari yangi gadjetlarni darhol qo‘lga olib, eski muqobillari bilan qiyoslab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
iPhone SE smartfoni 4 dyuymli ommabop iPhone 5s modelining davomi bo‘lib, dizayn va ixcham hajmini saqlab qoldi. Uskunaning ichki tuzilishi iPhone 6s’dan olindi.
iPad Pro plansheti 12,9 dyuymli versiyaning barcha ustunliklarini saqlab qoldi, shu jumladan, ichki tuzilishini ham.
Apple’ning yangi uskunalari jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, hatto kompaniya aksiyalari kursining keskin tushib ketishi kuzatildi.
Izoh (0)