Tailand janubidagi Songkxla provinsiyasida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida 27 nafar o‘quvchi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 50 nafar bolani ekskursiyaga olib ketayotgan avtobus shossedan chiqib ketib, daraxtga urilgan va ag‘darilib ketgan. Avariya yuz bergan joyga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanganlarni kasalxonalarga joylashtirdi.
Politsiya hodisa vaziyatlarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)