2016-yilning 18–20-mart kunlari Gretsiyaning Nausa shahrida paralimpiyachilar o‘rtasida suzish bo‘yicha xalqaro Nuasa–2016 musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” nashriga O‘zbekiston Milliy paralimpiya uyushmasi xabar berdi.
Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilardan Shohsanam Toshpo‘latova 50 metr masofaga erkin uslubda suzish bo‘yicha 00:29:16 soniya natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Muslima Odilova 100 metr masofani baterflay usulida 01:06:71 natija bilan suzib o‘tdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, suzish bo‘yicha Nuasa–2016 xalqaro turnirida 17 davlatdan 550 dan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Izoh (0)