Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevro–2016 turniri davomidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha mamlakat hukumati bilan doimiy aloqa qilyapti, deb xabar beradi “Chempionat”.
22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, keyinroq shahar metropolitenida to‘rtta portlash sodir bo‘lgani xabar qilindi.
“Yevropa chempionati davomida hammaning (turnir ishtirokchilaridan tortib, muxlislargacha) xavfsizligini kafolatlash uchun barcha chora-tadriblar amalga oshirilmoqda. UEFA Yevro–2016 turniriga tayyorgarlikning ilk kunlaridan boshlab barcha tahdidlarni tezkor rejalashtirish va tahlil qilish, shuningdek, terrorchilik hujumlarini oldini olish borasida Fransiya hukumati va mamlakat xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilmoqda. 13-noyabr kuni Parij shahrida yuz bergan teraktlardan so‘ng, turnirni tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor tomonlar birgalikda hamkorlikni davom ettirib, xavf darajasini muntazam ravishda nazorat qilmoqda”, – deyiladi UEFA matbuot xizmati xabarida .
Ma’lumot o‘rnida, futbol bo‘yicha Yevro—2016 turniri joriy yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar o‘tkaziladi.
Izoh (0)