Rossiya Qurolli kuchlari boshqaruvi bo‘yicha 22-mart, seshanba kuni boshlangan strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari doirasida Havo-desant qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlikni baholash maqsadida favqulodda tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabariga asoslanib, “RIA Novosti” yozmoqda.
Xabarnomada aytilishicha, tekshiruv tadbirlari davomida desant kuchlari qo‘mondonligining qo‘yilgan vazifalarni bajarishda aralash turdagi guruhni boshqarish sohasidagi mahorati baholanadi.
Tekshiruvga harbiy-transport va operativ-taktik aviatsiya qo‘shilmalari jalb qilingan. Operativ-taktik aviatsiya samolyotlari “Totskoye” poligonida bomba tashlash yo‘li bilan qo‘shinlarni aviatsion qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi. Harbiy-transport va armiya aviatsiyasi “Totskoye”, “Pesochnoye”, “Selsi” poligonlarida, Klokovo aerodromida samolyotlar va vertolyotlar yordamida operativ va taktik havo desantini tashlash bo‘yicha vazifalarni bajaradi.
Tadbirlarga jami 30 ming harbiy xizmatchi, 3,8 mingdan ortiq qurol birligi va harbiy texnika, shuningdek, 100 ta uchuvchi apparat jalb etiladi.
Izoh (0)