Bryusselda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari munosabati bilan Qirg‘izistonning barcha ishlab turgan aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda “‘Manas’ Xalqaro aeroporti” OAJ matbuot xizmatiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qirg‘izistondagi 11 ta aeroportni boshqaruvchi OAJ rahbariyati yo‘lovchilarni aviatsion xavfsizlik talablariga rioya qilishga hamda nazoratdan o‘tish uchun aeroportlarga ertaroq kelishga chaqirdi. Shuningdek, yo‘lovchilarga hech kimdan yuk, noma’lum buyumlar, konvertlar qabul qilmaslik, kuzatuvchilar sonining ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etildi.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida xabar berildi.
Izoh (0)