Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Rashid Alimov va Nepal bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Kamal Txapa Nepalga ShHTda muloqot bo‘yicha sherik maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Hujjatni imzolash marosimi 22-mart, seshanba kuni tashkilotning Pekindagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Nepal bosh vaziri Kxadga Prasad Sharma Oli, shuningdek, Rossiya, Armaniston, Eron va Tojikiston elchilari ishtirok etdi.
Ozarbayjon, Armaniston, Nepal va Kambodjaga muloqot bo‘yicha sherik maqomini taqdim etish haqidagi qaror tashkilotning o‘tgan yil iyulida Rossiyaning Ufa shahrida o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan edi.
Izoh (0)