“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori Valeriy Tyan Latviya Vazirlar Mahkamasi tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni, shuningdek, O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi transport va yuk tashish ishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy saytida xabar qilindi.
Hukumat mukofotini “O‘zbekiston havo yo‘llari” direksiyasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bondars topshirdi.
Izoh (0)