Intel asoschilaridan biri Endryu Grouv 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, korporatsiya saytidagi xabarnomaga asoslanib, “Vedomosti” yozmoqda.
Endryu Grouv (Andrash Grof) 1956-yilda Vengriyadan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tib, Shahar kollejida kimyoviy mashinasozlikni o‘rgandi, 1963-yilda esa Berklidagi Kaliforniya universitetida falsafa doktori ilmiy unvonini oldi. So‘ng biznesmen Gordon Murning taklifiga ko‘ra Fairchild Semiconductor kompaniyasiga tadqiqotchi bo‘lib keldi.1968-yilda Mur hamkasbi Robert Noys bilan birga Intel’ga asos soldi. Grouv ular tomonidan ishga yollangan birinchi xodim sifatida kompaniyaga muhandislik ishlanmalari bo‘yicha direktor bo‘lib keldi.
1979–2005-yillar orasida Grouv kompaniyada turli rahbarlik lavozimlarini egallab keldi, jumladan, prezident, bosh direktor, direktorlar kengashi raisi sifatida ishladi. Grouv rahbarligi ostida kompaniya xotira chiplari yasashdan mikroprotsessor chiplari ishlab chiqarishga o‘tdi. Bu korporatsiyaning yillik tushumini 1,9 milliard dollardan 26 milliard dollarga ko‘tardi, Intel butun dunyoga mashhur brendga aylandi.
Izoh (0)