Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Bryusseldagi teraktlar munosabati bilan tashkil qilingan matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi, buning natijasida tadbir to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mogerining chiqishi Euronews telekanali orqali translyatsiya qilinayotgan edi. Matbuot anjumanida Yevropa diplomatiyasi rahbari Bryusseldagi voqealar haqida bayonot berishi kutilayotgan edi. Ammo nutq paytida u ko‘ziga yosh oldi va yig‘isini tiya olmay, tadbirni tark etdi.
Izoh (0)