Turkiya janubi-sharqida Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) jangarilari uyushtirgan ikki hujum oqibatida xavfsizlik kuchlarining bir qancha xodimlari halok bo‘ldi va jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mardin viloyatining Nusaybin tumanida ekstremistlar politsiyachilar guruhi yaqinida qo‘lbola bombani portlatib yuborishi tufayli politsiyaning bir xodimi halok bo‘ldi, yetti nafari jarohat oldi. O‘z navbatida, Shirnak shahrida KIP a’zolari harbiylarga qarata o‘t ochdi. Bu hujum oqibatida harbiylardan biri halok bo‘ldi.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Nusaybinning Dajla va Frot mahallalarida o‘tkazilgan operatsiyalarda yana uch askar halok bo‘lgan.
Bu hududlarda, shuningdek, Xakkari, Shirnak va Mardin viloyatlarining yana besh tumanida aksilterror operatsiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan komendantlik soati joriy qilingan.
Bundan tashqari, Diyorbakir viloyatining Bag‘lar tumanida komendantlik soati bekor qilindi.
Izoh (0)