Tunis xavfsizlik kuchlari va jangarilar o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmada kamida olti kishi yaralandi. Bu haqda Tunis Respublikasi IIV va milliy mudofaasi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, xavfsizlik kuchlari Ben-Gerdan shahrining chekka qismidagi Sayax tumanida terrorchilar yashiringan uyni qurshab olgan.
“Ben-Gerdan shahrining chekka qismidagi Sayax tumanida terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari terrorchilar yashiringan uyni qamal qilgan. Otishma davomida Tunis Milliy gvardiyasi ofitseri, politsiya xodimi, uch nafar askar va bir nafar tinch aholi vakili yaralandi”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)