“Manchester Yunayted” jamoasining 18 yoshli hujumchisi Markus Reshford “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya chempionati 31-turida gol muallifi bo‘lib, Premyer-liga bahslari doirasidagi Manchester derbisida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Reshford gol kiritgan vaqtda 18 yoshu 141 kunlik bo‘lgan va 2005-yilda Ueyn Runi tomonidan qayd etilgan rekordni yangiladi. O‘shanda Runi 19 yoshda bo‘lgan edi.
Joriy mavsumda 18 yoshli hujumchi Angliya chempionatida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)