Shimoliy Koreya harbiylari Yapon dengizi tomonga navbatdagi raketalarni uchirdi, deya xabar berdi “RBK” Yonhap agentligiga asoslanib.
Janubiy Koreya shtablar boshliqlari qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qisqa masofaga mo‘ljallangan raketalar Xamxung qishlog‘idan uchirilib, 200 kilometrga uchib borgan.
“Harbiylarimiz vaziyatni kuzatishda davom etmoqda hamda yuqori mudofaa hozirligini saqlamoqda”, — deb ta’kidladi qo‘mita vakillaridan biri.
18-mart kuni KXDR 20 daqiqa ichida ketma-ket ikki ballistik raketani Yapon dengizi tomon yo‘llagan edi.
Izoh (0)