Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov eronlik hamkasbi Javod Zarif bilan telefon orqali Suriyada joriy qilingan sulh tartibini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabariga asoslanib, “TASS” yozmoqda.
“Suhbatda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimi realizatsiyasiga urg‘u berilgan holda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat muhokama qilindi. Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari BMT Xavfsizlik Kengashi 2268-rezolyutsiyasi holatlariga ko‘ra SARdagi tinchlikka rioya qilish yo‘lida xatti-harakatlarni muvofiqlashtirishda davom etishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarnomada.
Shuningdek, Suriya hukumati va muxolifati vakillari ishtirokidagi barqaror siyosiy jarayonni yo‘lga qo‘yish zarurati ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)