Toshkent shahridagi supermarketlarda dovuchcha sotish mavsumi boshlandi, deb xabar beradi Uz24. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilaridan birining yozishicha, Next savdo majmuasining birinchi qavatida maxsus idishlarga solingan dovuchchalar, grammiga qarab, 10–15 ming so‘mdan sotilmoqda.
Yana bir foydalanuvchining bildirishicha, Sirg‘ali tumanidagi Korzinka.uz supermarketida ushbu mahsulotning 1 kilogrammi 119 ming so‘mdan sotuvga chiqarilgan.
Do‘konlarga vaqtidan erta hosil bo‘lgan dovuchchalar qayerdan olib kelinayotgani ma’lum emas.
Izoh (0)