Saudiya Arabistoni rahbariyati neftga asosiy daromad manbai va energiya ta’minoti resursi sifatida yondashishdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Qirollik asosiy diqqat-e’tiborni qayta tiklanadigan energiya manbalariga qaratmoqchi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Qayta tiklanadigan energetika uchun Saudiya Arabistonidan ko‘ra mosroq davlat bo‘lmasa kerak”, — dedi mamlakat neft vaziri Ali al-Naimiy.
Uning fikricha, quyoshli kunlarning ko‘pligi, foydalanilmayotgan yerlarning kengligi va qum quyosh elektr stansiyalari qurishda zarur bo‘ladigan birlamchi narsalardir.
Shunga qaramay, al-Naimiy yaqin 50 yil ichida neftdan to‘liq voz kechilishiga ishonmasligini tan oldi.
“Yaqin 50 yil ichida insoniyat yoqilg‘idan voz kechmaydi, va bu unchalik yomon emas”, — deb ta’kidladi u.
Bir yil muqaddam al-Naimiy Saudiya Arabistoni 2040-yillarga borib quyosh va shamoldan energiya olishga to‘liq o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)