O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin AQShning Irving shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi “Chellenjer” turkumidagi Irving Tennis Classic tennis turnirida o‘z ishtirokini yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, yakkalik bahslari ikkinchi davrasida 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ushbu turnirda uchinchi raketka sifatida tasniflangan chexiyalik Lukash Rosolga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bellashuvda Istomin 2:6, 6:1, 6:7 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslarida o‘z ishtirokini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, juftliklar bahsi birinchi davrasida rossiyalik Dmitriy Tursunov bilan tandem hosil qilgan Istomin, Yangi zelandiyalik Maykl Vinus va avstraliyalik Jon-Patrik Smitga qarshi kortga chiqib, 6:7, 6:4, 8:10 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Irving Tennis Classic tennis turniridagi ishtirokini butunlay yakunladi.
Izoh (0)