ICE birjasida Brent rusumli neftning 1 barreli narxi 2016-yilda birinchi marta 42 dollardan oshib, 42,31 dollarni tashkil qildi. “RBK”ning xabar berishicha, bu bir kun oldingi savdolar yakunlaridan 1,85 foizga ko‘proqdir.
Neft kotirovkalarining oshishi, o‘z navbatida, Rossiya valyutasining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Moskva birjasida dollar kursi 2015-yil 4-dekabridan buyon eng past natijani ko‘rsatib, 67,626 rublga tushdi.
Yevro kursi 76,25 rublni tashkil qildi. Bu 2015-yil 24-dekabridan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Izoh (0)