Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida ikki amerikalik erkak undan AQSh prezidenti bo‘lishni so‘radi. Bu haqda The Washington Post nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tryudoning AQShga safarini yoritayotgan jurnalist tomonidan internetga joylashtirilgan videolavhalardan ma’lum bo‘lishicha, Nyu-Yorkdagi tamaddixonalardan birida ikki erkak Tryudoning poyiga tiz cho‘kkan va AQSh prezidentligiga nomzodini ko‘rsatishga undagan.
“Siz shu yerda prezidentlik mansabiga nomzodingizni qo‘ya olmaysizmi?”, — deb savol bergan ular.
O‘z tashabbuslarini ismlari keltirilmagan erkaklar AQSh prezidentligiga nomzodlarning bari “zerikarli va g‘alati” ekanligi bilan izohladi.
“Yigitlarimizning (nomzodlar nazarda tutilmoqda) barchasi yomon”, — dedi ulardan biri.
Bunga javoban Tryudo AQShda tug‘ilmagani bois istasa ham o‘z nomzodini ko‘rsata olmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Shunga qaramay, yosh siyosatchining muxlislari uni ko‘ndirish yo‘lidagi urinishlarini to‘xtatmadi. Natijada Tryudo muassasani tark etishga majbur bo‘ldi.
Suite: "Please please run for president" #JustinTrudeau #NYC pic.twitter.com/EJPjMFvfHG
— Marie-Joëlle Parent (@mariejoelle) March 17, 2016
Justin Trudeau dans un resto de Manhattan. Ces 2 Américains le supplient de se lancer dans la course présidentielle! pic.twitter.com/QgrrEdVaIj
— Marie-Joëlle Parent (@mariejoelle) March 17, 2016
Izoh (0)