Kecha, 16-mart kuni Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 3-turida safarda Qatarning “Al-Jaish” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindagi yagona gol qatarliklarning o‘zbekistonlik legioneri Sardor Rashidov tomonidan urildi.
O‘zbekistonlik futbolchining xalqaro maydonda O‘zbekiston klubi darvozasiga gol urishi ilk bor 2012-yilning 18-fevral kuni kuzatilgandi. Osiyo Chempionlar Ligasining saralash bosqichida Farg‘onaning “Neftchi” klubi Aziz Haydarov to‘p surayotgan BAAning “Ash-Shabab” klubidan 0:3 hisobida yengilgan. Uchrashuvning 92-daqiqasida Aziz Haydarov “Ash-Shabab”ning uchinchi goliga muallif qilgan edi.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Fozil Musayev 15-mart, seshanba kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi darvozasiga yo‘l topishi mumkin edi. Futbolchi “temiryo‘lchilar”ga qarshi 90 daqiqa harakat qildi, biroq o‘yin O‘zbekiston klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Xalqaro maydonda O‘zbekistonlik futbolchining o‘zi to‘p surgan O‘zbekiston klubi darvozasini ishg‘ol etish holati hozircha kuzatilmagan. 6-aprel, chorshanba kuni Fozil Musayev to‘p surayotgan “Fulad Sepahon” Toshkentda “Lokomotiv” bilan takroriy o‘yinda maydonga tushishini inobatga olsak, futbolchida bunday imkoniyat yuzaga keladi.
Izoh (0)