Kecha, 16-mart kuni OChL 3-turida Qatarning “Al-Jaish” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” futbolchilarini qabul qildi. O‘yinda 1:0 hisobi qayd etilib, “Al-Jaish”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Nasaf” matbuot xizmati.
“Biz raqibga nisbatan yaxshiroq o‘ynagandik, ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kiritilgan gol ‘Al-Jaish’ga g‘alaba keltirdi. O‘yinning oxirida har ikkala jamoa gol urishga harakat qildi va omad mezbonlarga kulib boqdi. Biz guruhdan chiqish uchun kurashni davom ettiramiz. Navbatdagi uchrashuv biz uchun juda muhim va guruhdagi vaziyatni o‘nglash uchun g‘alaba qozonishimiz shart”, – deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
Ma’lumot uchun, “D” guruhida 3-turdan so‘ng “Al-Jaish” 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Nasaf”, “Al-Ayn” va “Al-Ahli” 3 ochko bilan 2—4-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Izoh (0)