O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Boshdavekosertifikat” boshqarmasi mahsulot hamda xizmatlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alashning ahamiyati va o‘rni, mahsulotlarning ekologik xususiyatlari va uning aholi salomatligi hamda atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida aholining xabardorlik darajasi borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida joriy yilning 15-martidan 15-may kuniga qadar ijtimoiy so‘rov o‘tkazilayotganligini e’lon qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
So‘rovnoma o‘z ichiga 6 ta qisqa savolni qamrab olgan bo‘lib, ikki tilda o‘zbek hamda rus tillarida olib boriladi. So‘rov anonim bo‘lib, foydalanuvchilarning javoblaridan faqat umumlashgan holda foydalaniladi.
Ijtimoiy so‘rov natijalari bo‘yicha mahsulot va xizmatlarni ekologik tamg‘alash sohasidagi vazifalarni amalga oshirishni takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Quyidagi havolaga o‘tish orqali so‘rovnomada ishtirok etish mumkin: http://uznature.uz/uz/node/2232
Izoh (0)