Eron rasmiylari “Yandeks” xalqaro saytiga (“Yandex.com”) kirishni cheklab qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda, “Kommersant” nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Rossiyaning Erondagi elchixonasi press-attashesi Maksim Suslovning so‘zlariga qaraganda, buning boisi sifatida qidiruv tizimidan islomiy qadriyatlarga mos kelmaydigan axborotni topish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, saytning mintaqaviy versiyalari, jumladan, “Yandex.ru” yopib qo‘yilmagan va ishlashda davom etmoqda.
Izoh (0)