16-mart, chorashanba kuni OChL guruh bosqichining 3-turida Qatarning “Al-Jaish” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” futbolchilarini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida “Al-Jaish” bosh murabbiyi Sabri Lyamushi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Nasaf” matbuot xizmati.
“Biz ‘Nasaf’ga qarshi bahsda g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik va o‘yin oxirida bo‘lsa-da, gol kiritib, uch ochkoni o‘z hisobimizga rasmiylashtirdik. ‘Nasaf’ ham kuchli jamoa ekanini shogirdlarimga ta’kidlagan edim. Shu bois, yigitlar final hushtagi chalinguniga qadar g‘alabaga ishonib harakat qildi va o‘z maqsadlariga erishdi. Guruhda birinchi davradan keyin 100 foizlik natijani qayd etish albatta yoqimli holat. Bu g‘alabalar bizga keyingi o‘yinlarda ham shu ruhda davom etishimizga asos bo‘lishiga shubha yo‘q”, – deydi qatarliklar bosh murabbiyi Sabri Lyamushi.
Ma’lumot uchun, “D” guruhi 3-turidan so‘ng “Al-Jaish” jamoasi 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Nasaf”, “Al-Ayn” va “Al-Ahli” klublari 3 ochko bilan 2–4-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Izoh (0)