Kristofer Robin Milnning Buyuk Britaniyadagi Sharqiy Susseks grafligida joylashgan bolalikdagi uyi “Kotchvord Farm” 1,895 million funtga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Savills agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
“Kotchvord Farm” 30 yil davomida Milnlar oilasining uyi bo‘lgan. Alan Aleksandr Miln uni o‘zi, xotini va o‘g‘li uchun tinch joy sifatida 1924-yilda xarid qilgan.
XIX asrda qurilgan uy boshqa mashhur shaxsga ham tegishli bo‘lgan. 1968-yilda “Kotchvord Farm”ni The Rolling Stones guruhining asoschilaridan biri Brayan Jons sotib olgan, biroq bir yildan so‘ng u fojiali tarzda halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Kristofer Robin Miln Alan Aleksandr Milnning “Vinni-Pux” haqidagi ertaklari to‘plamidagi Kristofer Robinning prototipidir.
Izoh (0)