O‘zbekistonlik tennischi Farrux Do‘stov Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 40 ming AQSh dollariga teng “Chellenjer” turkumidagi Kazan Kremlin Cup–2016 tennis turnirining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ikkinchi davrada Farrux Do‘stov belaruslik Ilya Ivashkaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 1 daqiqa davom etgan mazkur bellashuvda 6:3, 6:1 hisobi qayd etilib, belaruslik tennischining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekistonlik tennischi esa musobaqani tark etdi.
Taqqoslash uchun, Farrux Do‘stov ATP reytingida 243, Ilya Ivashka esa 381-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada belaruslik Yegor Gerasimovga qarshi bahs olib borgan Do‘stov 6:3, 2:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)