O‘zbekistonda 2001-yildan bugungi kunga qadar bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bilan qamrab olish 95—99 foizga yetkazildi. Bu haqda 16-mart, chorshanba kuni Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Tadbirda Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari 2015-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Ularning so‘zlariga qaraganda, 2001-yilga qadar emlash bilan bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 80–85 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, 2015-yildan boshlab profilaktik emlash taqvimiga pnevmokokk vaksinasi kiritildi. Endilikda har bir bola 2, 3 va 12 oyligida pnevmokokk vaksinasi bilan emlanadi.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi hamda sog‘liqni saqlash vazirligining 2015-yil 20-fevraldagi 62-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan hisobot davrida muruvvat yordami hisobidan 16 mingdan ortiq keksalar “B” gepatitiga qarshi emlandi.
Izoh (0)