O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Irving shahrida start olgan, mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi “Chellenjer” turkumidagi Irving Tennis Classic tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Musobaqaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, 29 yoshli Denis Istomin birinchi davrada avstraliyalik 27 yoshli Jon-Patrik Smitga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik tennischi 6:2, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 73, Jon-Patrik Smit esa 125-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zbekistonlik tennischi germaniyalik Yakob Sude va chexiyalik Lukash Rosol o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)