“Chelsi” klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar oyog‘ining son qismidan olgan jarohati tufayli kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Belgiya qirolligi futbol assotsiatsiyasi 25 yoshli futbolchining holatini tekshirish uchun o‘z shifokorlarini Angliyaga yuboradi. Shunga qaramay, Azarning 29-mart, seshanba kuni Portugaliya termasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yinni belgiyalik futbolchilardan, shuningdek, “Manchester Siti” klubi a’zolari Vensan Kompani va Kevin De Bryuyne hamda “Tottenxem” himoyachisi Yan Vertongen o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Belgiya terma jamoasi Yevro–2016 musobaqasining “E” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Italiya, Irlandiya va Shvetsiya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)