Bella ismli 8 oylik qizaloq va Yuma laqabli yaguar bolasi belanchakda birga yotib, sut ichayotgani aks etgan videolavha internet foydalanuvchilarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mitti yaguarni yo‘l bo‘yidan bir braziliyalik fermer topib olgan va biolog Ayrton Katsuyamaga eltib bergan.
Yuma Bella bilan muloqot qilgan yagona jonivor emas. Katsuyamaning uyida har doim qandaydir hayvonlar, masalan, ilonlar yoki tulkilar bo‘ladi.
Rolik 2012-yilda tasvirga tushirilgan. Oradan ikki yil o‘tib, Katsuyama Yumani yaguarlarni asrash bilan shug‘ullanuvchi nohukumat tashkilotga topshirgan. Uch oydan so‘ng u Goyaniya shahri hayvonot bog‘iga berib yuborilgan.
Izoh (0)