“Legionerlar kasalligi” aniqlangan sidneylik fuqaro shahar shifoxonalaridan birida vafot etdi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
O‘tgan hafta boshida Sidney shahrining to‘rt nafar fuqarosi “legionellez” (“legionerlar kasalligi”) tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Ulardan uch nafari hamon shifoxonada davolanmoqda. Vafot etgan bemorning yoshi 80 dan oshgan bo‘lgan.
Ushbu o‘pka yuqumli kasalligini binolarda o‘rnatilgan havo haroratini bir xilda saqlash tizimi tarqatadi. Shifoxonaga tushgan kishilar Sidneyning markaziy qismidagi jamoat binolariga aynan bir xil kunlarda tashrif buyurgan. Ushbu binolarda tekshirishlar o‘tkazilmoqda, biroq xastalikni chaqiruvchi bakteriyalar hali topilmagan.
Izoh (0)