Suriyadagi mojaroning besh yili davomida 88 nafar jurnalist o‘ldirildi. Bu haqda Press Emblem Campaign tashkiloti ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Tashkilot Suriyada besh yil davomida 88 nafar jurnalistning o‘ldirilganligini hujjatlashtirdi. Shundan 13 nafari o‘tgan yili o‘ldirilgan. Joriy yilning yanvar oyidan boshlab yana ikki nafar jurnalist o‘ldirilgan, bir necha nafari yaralangan”, — dedi tashkilot vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jenevada bo‘lib o‘tgan 31-sessiyasida.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, Suriya to‘rtinchi yil ketma-ket OAV xodimlari uchun eng xavfli mamlakatlar qatoriga kirmoqda. Jurnalistlarning qurbon bo‘lishi yuzasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan mamlakatlar sifatida Afg‘oniston, Iroq, Pokiston va Yaman ham qayd etilgan.
Izoh (0)