Qrim prokurori Natalya Poklonskaya “TASS” jurnalistlarini delfinariyga taklif qildi. Bu 18-mart kuni 36 yoshini nishonlaydigan Poklonskayaga bag‘ishlangan maxsus loyihaning bir qismi bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
Suhbat davomida Poklonskaya delfinlarga bo‘lgan mehri haqida hikoya qilib berdi va hatto ular o‘z vaqtida uni tushkun kayfiyatdan qutqarganini tan oldi.
“Delfinlarni juda yaxshi ko‘raman. Ular asabni tinchlantirishday g‘aroyib qobiliyatga egadir. Men ulardan ijobiy energiya olaman. Hayotimning bir pallasi og‘ir kechganida o‘zimga kelish uchun men shu yerga yaqin bir vagonda yashagan edim. Ular meni o‘sha tushkunlikdan chiqarib oldi”, — dedi prokuror.
Izoh (0)