O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Rossiyaning Qozon shahrida start olgan, sovrin jamg‘armasi 40 ming AQSh dollariga teng “Chellenjer” turkumidagi tennis turnirini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada belaruslik Yegor Gerasimovga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 27 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:3, 2:6, 6:3 hisobi qayd etilib, Do‘stovning foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, Farrux Do‘stov ATP reytingida 246, Yegor Gerasimov esa 172-o‘rinni egallab turibdi.
Ikkinchi davrada o‘zbekistonlik tennischi belaruslik Ilya Ivashka hamda rossiyalik Markos Kalovelonis o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnir g‘olibi 5750 AQSh dollari mukofot puli hamda 80 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)