Qozog‘istonda davlat rahbariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakat prezidentining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Marosimda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Ikrom Nazarov Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga ishonch yorliqlarini topshirdi. Shuningdek, Nazarboyev BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Norimasa Shimomura, Isroil elchisi Mixail Brodskiy, Ozarbayjon elchisi Rashod Mammadov, Tailand elchisi Nat Piniovattanachiplardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Nursulton Nazarboyev tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ushbu marosim ularning diplomatik faoliyatida yangi sahifa ochib berishini ta’kidlab o‘tdi.
“Barchangiz birinchi marta diplomatik missiyaga rahbarlik qilmoqdasiz, faoliyatingizning yangi bosqichi Qozog‘istondan boshlanmoqda. Sizni tabriklayman, Qozog‘istondagi mas’uliyatli va faxrli missiyangiz mamlakatlarimiz o‘rtasida har tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi deb umid qilaman”, — dedi davlat rahbari.
Izoh (0)