BAA harbiy-havo kuchlarining ikki uchuvchisi 14-mart, dushanba kuni Yamanda sodir bo‘lgan aviahalokat qurboni bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Arab koalitsiyasi qo‘mondonligining Saudiya Arabistoni yangiliklar agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotida aytilishicha, halokatga qiruvchi samolyotda kuzatilgan texnik nuqson sabab bo‘lgan.Bir muddat ilgari BAA vakillari Yamandagi “Umidning qaytishi” harbiy operatsiyasida qatnashayotgan qiruvchi bilan aloqa uzilib qolganini ma’lum qilgan edi. Endilikda uning qulashi oqibatida bortdagi ikki uchuvchi halok bo‘lgani aniqlandi.
Izoh (0)