Vladivostokda turar-joy binosining sakkizinchi qavatidan qulab ketgan ayol tirik qoldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi IIV shahar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 13-mart, yakshanba kuni mast holatdagi ayol chekish uchun deraza qirrasiga o‘tirgan va sakkizinchi qavatdan qulab ketgan. Ayol tirik qolgan va hozirda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida.
IIV vakilining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan ayolning qo‘shnilari so‘roq qilinadi.
Izoh (0)