Bir guruh faollar tomonidan O‘zbekistondagi haydovchilik madaniyati sifatini oshirishga qaratilgan “Seni kutishyapti! Tezlikni oshirma” nomli ijtimoiy loyiha tayyorlandi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.“Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — haydovchilarni tezlik me’yorlariga rioya etishga chaqirishdir. Loyiha doirasida dolzarb mavzudagi bilbordlarni tayyorlash rejalashtirilgan”, — deydi loyiha tashkilotchilaridan biri Damir Usmonov.
Mazkur tashabbus “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari tomonidan ma’qullangan va olqishlangan. “G‘oyaga gap yo‘q! O‘zbekchasini ham tayyorlash esdan chiqmasin”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.“Seni kutishyapti!”. O‘zbekistonlik faollarning yo‘ldagi tezlik chekloviga rioya etishga qaratilgan loyihasi
×
Izoh (0)