Tailand poytaxtidagi Siam tijorat bankida kimyoviy zaharlanish oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jabrlandi. Bu haqda Bangkok Post nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, hodisa binoning yong‘inni o‘chirish kimyoviy tizimidagi nosozlik natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar binoda yong‘in izlarini aniqlamadi.
O‘t o‘chiruvchilarning bank eshigini sindirishiga to‘g‘ri kelganligi ma’lum qilinmoqda. Chunki ular yopiq bo‘lgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Bankning ma’lum qilishicha, binoda olovdan himoya qilish moddasining sizib chiqishi yuz bergan. Hodisa binoning yong‘inni o‘chirish tizimini modernizatsiyasi bo‘yicha ishlarni bajargan pudratchining mas’uliyatsizligi natijasida yuzaga kelgan.
Izoh (0)