Noma’lum baxtli kanadalik mamlakatdagi “49 dan 6” ommabop lotereyasida 13,3 million Kanada dollari (10 million dollar) yutib oldi. Bu haqda Atlantic Lottery birlashmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hozirgi paytda lotereya chiptasi Kanadaning eng aholisi zich punkti — Ontarioda sotilganligi ma’lum. “Yutuqli raqamlar 6, 27, 30, 34, 35 va 42 dir”, — deb aniqlik kiritdi tashkilotchilar.
Ushbu lotereyadagi bundan avvalgi katta yutuq joriy yilning 27-fevralida chiqqan edi. O‘shanda mamlakatning ikki fuqarosi 7,2 million Kanada dollaridan (5,45 million dollar) yutib olgan edi.
Izoh (0)